locale OZ

Gabriel Martinelli “Al-Hilol”ga o‘tishga rozilik berdi

Ayni paytda tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Martinelli “Al-Hilol”ga o‘tishga rozilik berdi
Foto: Getty Images

“Arsenal” vingeri Gabriel Martinelli Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Transferning umumiy qiymati 65 million yevrodan oshishi kutilmoqda. Ayni paytda tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

25 yoshli braziliyalik futbolchining yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng transfer rasman yakunlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Martinelli 2019-yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting