locale OZ

Gabriel Magalyaesh Senegalga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi

Uchrashuvda Braziliya 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Magalyaesh Senegalga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» va Braziliya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaesh Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) jarohat oldi va 64-daqiqada maydonni tark etdi.

O‘yindan keyin Janubiy Amerika jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchining ahvoli haqida gapirdi.

«Gabrielda jarohat bormi — bilmayman. U qovurg‘a mushagida noqulaylik sezgandek tuyuldi. Ertaga uni ko‘rikdan o‘tkazamiz. Bunday holat yuz berganidan juda afsusdamiz. Unga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi ESPN.

Maʼlumot uchun, Magalyaesh joriy mavsum klub safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting