locale OZ

Gabriel Magalyaesh FIFA kunlaridagi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi

Braziliyalik futbolchi Fransiya va Xorvatiyaga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Magalyaesh FIFA kunlaridagi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Gabriel Magalyaesh «pentakampeonlar»ning Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

22 mart kuni Angliya Liga Kubogi finali doirasida «Manchester Siti»ga (0:2) qarshi kechgan bahsdan so‘ng, futbolchi o‘ng tizzasidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Tibbiy tekshiruv natijalari Magalyaeshning FIFA doirasidagi xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etishga tayyor emasligini tasdiqladi. Terma jamoa tarkibida uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirilmasligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 26 mart kuni Fransiya, 1 aprelda esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi.

2026 yilgi Jahon chempionati qur’a natijalariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting