locale OZ

Gabriel Jezus: «Liverpul» chempion bo‘lganida ular ham standartlardan ko‘plab gollar urishgandi

Gabriel Jezus jamoaning joriy mavsumda standart vaziyatlarga juda ko‘p tayanib o‘yin tashkil qilgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Jezus: «Liverpul» chempion bo‘lganida ular ham standartlardan ko‘plab gollar urishgandi
photo: gettyimages

Gabriel Jezus jamoaning joriy mavsumda standart vaziyatlarga juda ko‘p tayanib o‘yin tashkil qilgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi:

«To‘g‘risini aytsam, havaskorlar ligasida o‘ynab ulg‘aygan braziliyalik sifatida standart vaziyatlarga bunchalik urg‘u berilishi meni biroz tashvishga soladi, ammo bu ham futbolning bir qismi.
Biroq biz faqat standartlardan gol urayotganimiz yo‘q. Mayli, ulardan juda ko‘p gol urgandirmiz, lekin bu bizning yashirin qurolimiz bo‘lib, ham hujumda, ham himoyada farqni yuzaga keltirmoqda. Chunki Premer-ligada jismoniy holat juda muhim ahamiyatga ega.

Boshqa jamoalar ham standart vaziyatlardan foydalanishadi. Masalan, o‘tgan yili «Liverpul» chempion bo‘lganida ular ham standartlardan ko‘plab gollar urishgandi. Bizchalik ko‘p emas, albatta, lekin baribir urishgan. Shu sababli bu meni u qadar xavotirga solmaydi. Ammo baribir, qalbimning tub-tubida, havaskorlar futbolida o‘sgan braziliyalik sifatida»,-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting