locale OZ

Gabriel Jezus faoliyatini \"Milan\"da davom ettirishi mumkin

Tomonlar futbolchini ijaraga olish masalasini muhokama qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gabriel Jezus faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages

Londonning "Arsenal" klubi braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli Jezusning xizmatlarini "Milan"ga yana taklif qilishgan. Ayni paytda tomonlar futbolchini ijaraga olish masalasini muhokama qilmoqda. Qayd etilishicha, hozirda "Milan" hujumchining jismoniy holatiga baho bermoqda, ammo voqealar rivoji Rojdestvodan keyin davom etishi kutilmoqda.

Joriy mavsumning boshida Jezus xochsimon bog‘lamlarining uzilishi tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. U safga qaytganidan so‘ng uchta o‘yinda maydonga tushdi, ammo golli harakat qilmadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting