Gabriel Jezus faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
29 yoshli futbolchiga «Milan» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
FOTO: Getty Images
Italiyaning «Milan» va «Yuventus» klublari «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, har ikki jamoa 29 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
«Arsenal» braziliyalik hujumchini 30–35 million yevroga sotishga tayyor. Londonliklar ushbu mablag‘ni yangi forvard sotib olishga sarflashni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Jezus barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist