locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Gabonlik futbolchi 11-qavatdan qulab tushib, vafot etdi

Futbol 16 apr 2025 da 07:54
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Gabonlik futbolchi 11-qavatdan qulab tushib, vafot etdi
FOTO: Transfermarkt.com

Gabon terma jamoasi sobiq hujumchisi Aaron Boupendza Xitoyda ko'p qavatli uyning 11-qavatidan qulab tushib, vafot etdi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Hozirda mahalliy politsiya hodisaning asl sababini o'rganmoqda. Tergovchilar uch xil variantni ko'rib chiqmoqda.

Birinchisi, baxtsiz hodisa, ikkinchisi, o'z joniga qasd qilish, uchinchi esa qotillik. Qayd etilishicha, futbolchi o'sha paytda xonada bo'lgan akasi bilan janjallashgan.

Ma'lumot uchun, Boupendza “Chjejiang Professional” klubi safida o'ynab kelayotgan edi. Marhum, shuningdek, “Rapid Buxarest”, “Al-Shabab”, “Al-Arabi” va “Hatayspor” kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.

Bundan tashqari, Boupenzda 2016 va 2023-yillar oralig'ida Gabon terma jamoasi safida ham to'p surib, 34 ta o'yinda maydonga tushgan.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting