Gabon hukumati futbol bo‘yicha milliy jamoa faoliyatini to‘xtatdi
Bunga Afrika Millatlar Kubogidagi muvaffaqiyatsiz natijalar sabab bo‘lgan.
ФОТО: Getty images
Gabon hukumati Marokashda bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogidagi mutlaqo muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng milliy terma jamoa faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.
Qarorni Gabon sport vaziri vazifasini bajaruvchi Simplis-Desire Mambula davlat televideniyesida o‘qib eshittirdi.
Turnirning guruh bosqichida Gabon terma jamoasi uchta o‘yinda uchta mag‘lubiyatga uchradi va birorta ham ochko to‘play olmadi. Jamoa Kamerunga 0:1, Mozambikka 2:3 va Kot-d’Ivuarga 2:0 hisobida oldinda borishiga qaramay, yakunda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Gabon so‘nggi o‘rinni egalladi va pley-offga chiqa olmadi.
Shuningdek, Per-Emerik Obameyang va Bruno Ekuyele Manga uchun terma jamoa eshigi yopildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist