locale OZ

Futzal.Ertaga Jizzaxda Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri start oladi

Hududiy liga g‘oliblari o‘rtasidagi Respublika turniri ertadan Jizzax viloyati Futbol akademiyasi sport zalida start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal.Ertaga Jizzaxda Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri start oladi
photo: UFF

So‘nggi yillarda mamlakatimiz futzalining muhim markazlaridan biriga aylanib borayotgan Jizzax shahri yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Hududiy liga g‘oliblari o‘rtasidagi Respublika turniri ertadan Jizzax viloyati Futbol akademiyasi sport zalida start oladi.

2026-yilgi musobaqada 14 jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Bugun o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar to‘rtta guruhga bo‘lindi. “A” va “B” guruhlarida 4 tadan, “C” va “D” guruhlarida esa 3 tadan jamoa pley-off yo‘llanmasi uchun bahs yuritadi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, guruhlarda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak final bosqichiga yo‘l oladi. Chorak finaldan boshlab turnir olimpiya tizimida davom ettiriladi.

Guruhlar tarkibi:

“A” guruhi: Jizzax FM (Jizzax), “Jaloyir” (Surxondaryo), “Chiroqchi” (Qashqadaryo), ADU (Andijon).

“B” guruhi: “Ezgu niyat” (Jizzax), “Xonqa” (Xorazm), “Zafar” (Farg‘ona), “Olimpik” (Toshkent viloyati).

“C” guruhi: TXO (Toshkent viloyati), “Navoiy Uran” (Navoiy), “Parma” (Toshkent).

“D” guruhi: “Dinamo U-18” (Samarqand), BuxDU (Buxoro), “Guliston-2” (Sirdaryo).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting