locale OZ

Futzal. Yoshlar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi

Murabbiylar shtabi Nodir Eliboyev boshchiligida olti kun davomida futzalchilarning jismoniy holatini tiklashga alohida e’tibor qaratdi.
Futzal. Yoshlar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi
photo: UFF

Yoshlar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Bugun bir haftalik yig‘in doirasidagi so‘nggi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Murabbiylar shtabi Nodir Eliboyev boshchiligida olti kun davomida futzalchilarning jismoniy holatini tiklashga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, taktik tayyorgarlikni takomillashtirish, avval o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar olib borildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida standart vaziyatlardan samarali foydalanish, raqiblarning turli taktik uslublariga qarshi o‘yin modelini shakllantirish hamda uni amaliyotda sinovdan o‘tkazish ustida ham ishlandi.

Navbatdagi manzil — Bishkek!

Ertaga yoshlarimiz Toshkentga qaytib, Qirg‘iz Respublikasi yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga jo‘nab ketishadi.

🇺🇿 Terma jamoamizning safarga yo‘l oladigan murabbiylar shtabi va o'yinchilar tarkibi haqida ertaga batafsil ma’lumot beramiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting