Futzal. Yoshlar terma jamoamiz Qozog‘iston safariga yo‘l olmoqda
2026-yilgi mavsum yakunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya etishi kutilmoqda.
photo: UFF
2026-yilgi mavsum yakunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya etishi kutilmoqda.
Mamlakat birinchiligi hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalaridagi ishtirok, shuningdek, tajribali klublarga qarshi tengma-teng kechayotgan bahslar yoshlarimizning xalqaro maydonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqlamoqda.
Ertaga Nodir Eliboyev boshchiligidagi terma jamoamiz Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatiga yo‘l oladi.
Qozog‘iston futbol assotsiatsiyasi taklifiga binoan tashkil etilayotgan ushbu safar davomida jamoamiz mezbonlar yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor