locale OZ

Futzal. Viloyat hokimi kubogi Ezgu niyatga nasib etdi

Mamlakatimizning futzal markazlaridan biriga aylanib borayotgan Jizzax viloyatida kecha ikkinchi liga bahslari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Viloyat hokimi kubogi Ezgu niyatga nasib etdi
photo: UFF

Mamlakatimizning futzal markazlaridan biriga aylanib borayotgan Jizzax viloyatida kecha ikkinchi liga bahslari yakuniga yetdi. 56 ta jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borgan ushbu eng ommaviy viloyat birinchiligining hal qiluvchi uchrashuvlari Do‘stlik tumanida yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan sport majmuasida o‘tkazildi.

Jizzax viloyatining deyarli barcha hududlari, shuningdek, turli tashkilot, korxona va muassasalar jamoalarini qamrab olgan viloyat birinchiligi — Ikkinchi liganing 2025/2026-yilgi mavsumi ikki bosqichdan iborat tarzda tashkil etildi. Dastlabki bosqichdan so‘ng 32 ta jamoa saralab olinib, ular g‘oliblik uchun sakkizta guruhda ikkinchi bosqich bahslarini davom ettirdi. Nimchorak finaldan boshlab esa “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi olimpiya tizimida o‘tkazildi.

Musobaqaning sovrinli o‘rinlari uchun kechgan o‘yinlar qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy bo‘ldi. Bosh sovrin taqdiri “Ezgu niyat” hamda “Do‘stlik” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvida hal etildi. Darvozalarga yettita to‘p kiritilgan bahsda “Ezgu niyat” jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Do‘stlik” jamoasi kumush, “BMB” jamoasi esa bronza medallarga sazovor bo‘ldi.

Final uchrashuvidan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futzal federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, viloyat futbol assotsiatsiyasi hamda Do‘stlik tumani hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga medal, diplom va pul mukofotlari topshirildi, shuningdek, turli nominatsiyalar g‘oliblari maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

“Ezgu niyat” jamoasiga, shuningdek, “Viloyat hokimi kubogi” ham tantanali ravishda topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting