locale OZ

Futzal. Turning eng yaxshi murabbiysi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum

10-tur yakunlari bo‘yicha e`lon qilgan so’rovnomamizda “Maksam-Chirchiq” bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov 39 foiz ovoj jamg’arib, g’olib bo’lgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Turning eng yaxshi murabbiysi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum
photo: UFF

Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar

O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 10-tur yakunlari bo‘yicha e`lon qilgan so’rovnomamizda “Maksam-Chirchiq” bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov 39 foiz ovoj jamg’arib, g’olib bo’lgandi. Keyingi natijalarni Nodir Eliboyev (35%), Konstantin Sviridov (14%) va Fuzuli Xayrulloyev (13%) lar qayd etishdi.

11-turda ham biz e`tiboringizga besh nafar nomzodlarni havola etamiz. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing.

photo: UFF

Quyida nomzodlar эътиборингизга havola etiladi:

1. Ahadjon Yusupov ("Lokomotiv") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba (1 tasi texnik g’alaba), to'plar farqi — 7:4.
2. Nodir Eliboyev ("BMB PFC") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba (1 tasi texnik g’alaba), to'plar farqi — 8:3.
3. Aleksand Petrov (OKMK) — 3 ta oyin, 2 ta g’alaba (1 tasi texnik g’alaba), 1 ta durang. to'plar farqi — 6:2.
4. Konstantin Sviridov (SQB) — 3 ta o’yin, 2 ta g’alaba, 1 ta mag’lubiyat, to’plar farqi – 12:7.
5. Fuzuli Xayrulloyev ("Oil Star") — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 8:6.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting