locale OZ

Futzal. Toshkent viloyati iste’dodlari o‘zlarini namoyon etishdi

Shu tariqa, mamlakatimizning barcha hududlarida rejalashtirilgan seleksiya bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Futzal. Toshkent viloyati iste’dodlari o‘zlarini namoyon etishdi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasining "Iste’dodlarni izlaymiz" loyihasi navbatdagi manzil sifatida Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. Chirchiq shahridagi "Kimyogar" sport majmuasida tashkil etilgan seleksiyada 2008-yilda va undan keyin tug‘ilgan qariyb 40 nafar yosh futzalchi o‘z mahoratini namoyish etdi.

Saralash jarayonini O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev, o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Tojiboyev, O‘FF terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Rustam Zuparov hamda hudud murabbiylari kuzatib borishdi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati, taktik fikrlashi va futzalni anglash darajasi sinovdan o‘tkazildi. Nazorat uchrashuvlarida esa yoshlar o‘zlarining haqiqiy imkoniyatlarini namoyon etishdi. Yakunda eng iqtidorli futzalchilar murabbiylar e’tiboriga tushib, keyingi bosqich uchun tavsiya etildi.

Shu tariqa, mamlakatimizning barcha hududlarida rejalashtirilgan seleksiya bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting