locale OZ

Futzal. To’purarlar poygasida murosasiz raqobat paydo bo'lmoqda

BMB PFC goleadori 9 ta o’yinda raqiblari darvozasiga 12 ta gol kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. To’purarlar poygasida murosasiz raqobat paydo bo'lmoqda
photo: UFF

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga bahslarining to’purarlar poygasida ham raqobat juda jiddiy kechmoqda. O’tgan mavsum to’purari Muzaffar Axadjonov bu yil ham darvozabonlarning “qo’rqinchli tushi”ga aylanmoqda. BMB PFC goleadori 9 ta o’yinda raqiblari darvozasiga 12 ta gol kiritdi.

Shuningdek, “Oil Star” yetakchisi Elbek To’lqinov ham sermahsullik borasida ajoyib natija ko’rsatmoqda. Buxoroliklar hujumchisi ham Muzaffar singari o’z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo’ydi. "BMB PFC"ning yorqin hujumchisi Oliveira de Jesus Sousa Hebberth — Bolt esa 11 ta gol bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Jizzaxliklarning “taran” hujumchisi Vitor Manuel da Silva 8 ta gol bilan to'rtinchi o’ringa chiqib olgan bo’lsa, bir yo’la uch futzalchi – Behruz Samiyev, Joao Florensio da Silva Neto hamda Berrio Hoyos Kristian Alberto 7 ta gol bilan keyingi pog’onalarda borishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting