locale OZ

Futzal. Terma jamoamiz Ar-Riyodda ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

Trenerajyor zalida kechgan jarayon yuqori sur’atda va ishchan ruhda o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Terma jamoamiz Ar-Riyodda ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi
photo: UFF

VI Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etish uchun bugun Saudiya Arabistoni poytaxti — Ar-Riyod shahriga yetib kelgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kunning ikkinchi yarmida dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Nodir Eliboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi bugungi jismoniy tayyorgarlik mashqlariga e’tibor qaratishdi. Trenerajyor zalida kechgan jarayon yuqori sur’atda va ishchan ruhda o‘tdi.

Terma jamoa o'yinchilarining kayfiyati a’lo, jamoada ko‘tarinki muhit hukm surmoqda. Barcha futzalchilar mashg‘ulotlarda chin dildan ter to‘kib, murabbiylar tomonidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni a’lo darajada bajarishdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga jamoalarga musobaqa oldidan Islom birdamligi o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya sport majmuasi o‘yin zalida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati beriladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini 4-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting