locale OZ

Futzal. Surxondaryoda yangi futzal jamoasi tuzildi

TerDU tarbiyalanuvchilari jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya etib, yuksak natijalarni qo'lga kiritishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Surxondaryoda yangi futzal jamoasi tuzildi
photo: UFF

Mamlakatimizning janubiy darvozasi — Termiz shahridan xushxabar oldik. Yurtimizning nufuzli oliygohlaridan biri sanaluvchi Termiz davlat universiteti qoshida yangi futzal jamoasi tuzildi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi.

TerDUda sportga bo‘lgan e’tibor har doim yuqori bo‘lib kelgan. Universitetda mehnat qilayotgan mutaxassislar va trenerlar haqiqiy sport fidoyilaridir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ta’lim dargohining gandbol, voleybol va futbol bo‘yicha jamoalari mamlakat birinchiligi hamda Respublika turnirlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Shuningdek, universitet sportning olimpiya yo‘nalishlari, ayniqsa yakkakurash turlari bo‘yicha yuzlab iqtidorlarni yetishtirib bergan. TerDU tarbiyalanuvchilari jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya etib, yuksak natijalarni qo'lga kiritishgan.

Endilikda esa Termiz davlat universitetining yangi futzal jamoasi ham O‘zbekiston futzal federatsiyasining dekabr oyida start oladigan Birinchi liga musobaqalarida qatnashish uchun rasmiy talabnomalarni taqdim etdi.

Biz TerDU (rektori Abduqodir Toshqulov) futzal jamoasiga bo‘lg'usi musobaqalarda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting