locale OZ

Futzal. Sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlar saralandi

So‘nggi chorak final bahsida Toshkent shahrining TXO jamoasi Buxoro Davlat Universiteti jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlar saralandi
photo: UFF

Bugun Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida futzal bo‘yicha Hududiy liga g‘oliblari Respublika turnirining chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, musobaqaning sovrinli o‘rinlari uchun kurashni davom ettiradigan yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki chorak final bahsida Qashqadaryo viloyatining “Chiroqchi” hamda Xorazm viloyatining “Xonqa” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Gollarga boy va murosasiz kechgan uchrashuvda xorazmliklar 6:3 hisobida zafar quchib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Jizzax viloyati chempioni — “Ezgu niyat” jamoasi esa Andijon Davlat Universiteti vakillariga qarshi bahsda ham o‘zining jiddiy maqsadlarini namoyish etdi. Musobaqa mezbonlari yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirishdi — 10:2.

Toshkentning “Parma” jamoasi hamda Samarqandning “Dinamo U-18” jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida omad poytaxtliklarga kulib boqdi — 5:4.

So‘nggi chorak final bahsida Toshkent shahrining TXO jamoasi Buxoro Davlat Universiteti jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyundan boshlab turnirning barcha uchrashuvlari O‘zbekiston futzal federatsiyasining YouTube kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Chorak final | 11-iyun
“Chiroqchi” – “Xonqa” – 3:6
“Ezgu niyat” – ADU – 10:2
“Parma” – “Dinamo U-18” – 2:2 (penaltilar – 5:4)
BuxDU – TXO – 4:5

Yarim final | 12-iyun
10:00 — “Xonqa” va “Parma”
11:00 — “Ezgu niyat” va TXO

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting