locale OZ

Futzal. Rustam Umarov — «BMB PFC» murabbiylar shtabiga qo‘shildi

Rustam Umarov professional futzalchilik faoliyatini rasman yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Rustam Umarov — «BMB PFC» murabbiylar shtabiga qo‘shildi
photo: UFF

O‘zbekiston futzalining eng tajribali va yorqin namoyandalaridan biri, Osiyo chempionatlarida ishtirok etish bo‘yicha mutlaq rekord sohibi, milliy terma jamoamizning ko‘p yillik darvozaboni Rustam Umarov professional futzalchilik faoliyatini rasman yakunladi.

Endilikda u amaldagi O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston kubogi sohibi — “BMB PFC” murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. Rustam Umarov jamoada darvozabonlar tayyorgarligi uchun mas’ul murabbiy sifatida ish boshladi.

Faoliyati davomida Rustam Umarov zabt etmagan cho‘qqi deyarli qolmadi. U:


Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni;
O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi;
Osiyo chempionatlarining ko‘p karra kumush va bronza medali sovrindori;
Qator nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olibi bo’ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting