locale OZ

Futzal. Qiziqarli ma'lumotlar raqamlar bilan ifodalanganda

Tur doirasida amaldagi chempion — "BMB PFC" hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari yuz foizlik natija ko‘rsatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Qiziqarli ma'lumotlar raqamlar bilan ifodalanganda
photo: UFF

Bu turda jamoalar 15 ta uchrashuvda darvozalarga 82 ta gol kiritishdi. Bu o’tgan turdagiga nisbatan 8 ta to’pga yaxshilandi, degani. Muxlislar o‘rtacha har bitta o’yinga 5,46 tadan golni tomosha qilishdi.

Tur doirasida amaldagi chempion — "BMB PFC" hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari yuz foizlik natija ko‘rsatdi. Shu o’rinda, har ikkala jamoaga bu turda bittadan o‘yinda texnik g‘alaba yozilganini ham eslatib o’tamiz.

11-turda yuz foizlik natija qayd etgan "BMB PFC" hamda “Lokomotiv”dan tashqari, Qarshining "Nasaf", Toshkent viloyatining OKMK hamda Buxoroning “Oil Srat” jamoalari ham mag’lubiyatsiz o’tkazdi. Poytaxt viloyati vakillari bitta o’yinda durang qayd etishgan bo’lishsa, buxoroliklar hamda qashqadaryoliklar ikkita o’yinda murosa ko’chasini tanlashga majbur bo’ldi.

Keyingi turlarda bo’layotgani kabi mamlakat milliy chempionatidan chetlatilgan “Surxon” jamoasiga bu turda ham uchta texnik mag’lubiyat yozildi.

11-turda “Qizilqum” barcha uchta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. “Dinamo” hamda “Neftchi” jamoalari esa bittadan ochko bilan kifoyalanishdi.

Turning eng sermahsul jamoasi SQB bo‘ldi – 12 ta gol. Bitta g’alaba, bitta durang, bitta mag’lubiyat qayd etgan “qaldirg’ochlar” raqiblari darvozasini 10 marta ishg’ol etishdi. Tur mezbonlari — "Nasaf" uchta ushrashuvda 9 gol kiritgan bo'lsa, chempionlik unvonini rasmiylashtirgan "BMB PFC" esa ikkita uchrashuvda 8 ta gol kiritdi;

Turda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa “Qizilqum” bo‘ldi – 14 ta gol. Keyingi natija “Dinamo” (11) va “Bunyodkor” (11) jamoalariga toegishli;

Turda eng kam gol o’tkazgan jamoalar “BMB PFC” va OKMK bo’ldi – 3 tadan gol;

Turda eng kam gol urgan jamoa “Neftchi” bo’ldi – 4 ta gol. “Dinamo” (5) va “Qizilqum” (6) keying natijalarni qayd etishdi;

Eng yirik hisob “Maksam-Chirchiq” – “Dinamo” hamda SQB – “Maksam-Chirchiq” uchrashuvlarida qayd etildi – 5:0;

Eng sermahsul o‘yin: “Likomotiv” – “Qizilqum” (6:4) uchrashuvi bo‘ldi. Darvozalarga 10 ta gol kiritildi;

Eng kam gol urilgan o‘yin: “Lokomotiv” – “Neftchi” – 1:0;

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting