locale OZ

Futzal. Poytaxt iste’dodlari ham O‘FF seleksiyasidan muvaffaqiyatli o‘tishdi

Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida poytaxtning istiqbolli yosh futzalchilari ishtirokida navbatdagi seleksiya ko‘rigini o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Poytaxt iste’dodlari ham O‘FF seleksiyasidan muvaffaqiyatli o‘tishdi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasining terma jamoalar bilan ishlash departamenti hamda mamlakatimiz yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari bosh murabbiylaridan iborat O‘FF Ishchi guruhi Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida poytaxtning istiqbolli yosh futzalchilari ishtirokida navbatdagi seleksiya ko‘rigini o‘tkazdi.

Saralashda 80 nafarga yaqin iste’dodli futzalchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Nomzodlar nazorat uchrashuvlari orqali texnik mahorati, taktik saviyasi va individual salohiyatini namoyish etdi. Yakunda iqtidori bilan ajralib turgan bir qator yoshlar keyingi bosqich uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Shu tariqa, O‘FF Ishchi guruhi mamlakatimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida o‘tkazilgan hududiy seleksiya jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari uchun munosib nomzodlar dastlabki saralash bosqichidan o‘tkazildi.

Avgust oyining so‘nggi o‘n kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes boshchiligida barcha nomzodlar Toshkentda yakuniy seleksiyaga jalb etiladi. Aynan ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga nomzodlarning yakuniy ro‘yxati shakllantiriladi. Seleksiya sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar O‘FFning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Yurtimiz iste’dodlarga boy. Shu bois O‘FF murabbiylar shtabi seleksiya bilan cheklanib qolmay, hududlardagi mutaxassislar tavsiyalari asosida yil davomida istiqbolli futzalchilarni kuzatishda davom etadi. O‘z ustida muntazam ishlayotgan yoshlar Oliy va Birinchi liga klublarida o‘z salohiyatini namoyish etish orqali mamlakat terma jamoalariga yo‘l olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting