locale OZ

Futzal. O‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo o‘yinlaridagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi

O‘FF prezidenti o‘zining terma jamoa uchrashuvlarini YouTube orqali jonli ravishda kuzatib bordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo o‘yinlaridagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
photo: UFF

Bugun Bahrayn qirolligiga qarashli Isa Taun shahrida joylashgan “Xalifa sport shaharchasi” majmuasida Osiyo yoshlar o‘yinlari doirasida futzal bo‘yicha 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xitoy yoshlariga qarshi bahs olib bordi. Yoshlarimizning hududiy ustunligi ostida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Shu tariqa yosh futzalchilarimiz birinchi xalqaro musobaqasidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritishdi.

Ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston Futzal Federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Yevropa mamlakatlariga xizmat safari bilan tashrif buyurgan. Bugun ertalab Amsterdam shahrida bo‘lib turgan O‘FF rahbari o‘smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda futzalchilar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.


Suhbat davomida Bekzod Mamatqulov jamoaga dastlabki uchrashuvdagi hayajon va bosimni unutib, qolgan o‘yinlarda yuqori ruh va shijoat bilan maydonga chiqishni tavsiya etdi. Shuningdek, futbolsevar xalqimiz terma jamoa o‘yinini katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini ta’kidlab, har bir bahsda mas’uliyat bilan harakat qilish lozimligini uqtirdi.

O‘FF prezidenti o‘zining terma jamoa uchrashuvlarini YouTube orqali jonli ravishda kuzatib, g‘oyibona qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Jumladan, bugun bo‘lib o‘tgan Xitoy – O‘zbekiston bahsini ham Bekzod Mamatqulov Amsterdam shahrida jonli ravishda tomosha qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting