locale OZ

Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda
photo: UFF

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.

Bugun ham futzalchilar ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Murabbiylar shtabi mashg‘ulotlar davomida jamoaning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o‘zaro hamjihatlikni shakllantirish va o‘yin amaliyotini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Eliboyev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2026-yilning so‘nggi oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan Oliy liga har bir turidan so‘ng yoshlar terma jamoasi uchun alohida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Yig‘inlar davomida murabbiylar shtabi tomonidan xalqaro musobaqalar oldidan yosh futzalchilarga zarur bilim va ko‘rsatmalar berilib, ularning muhim musobaqaga har tomonlama tayyorgarligi ta’minlanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting