Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘inga kirishdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yig‘inga kirishdi
Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.
Dushanba kuni bir mahal mashg‘ulot o‘tkazgan jamoamiz Oliy liganing 2-tur uchrashuvlari yakuniga yetgach, bugundan e’tiboran mashg‘ulotlarni ikki mahaldan davom ettirmoqda.
Nodir Eliboyev boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi kuz faslining so‘nggi oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shu bois yig‘in davomida asosiy e’tibor futzalchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish, o‘zaro hamjihatlikni shakllantirish hamda o‘yin amaliyotini takomillashtirishga qaratilmoqda.
Joriy mavsumdan boshlab mamlakat chempionatida yosh futzalchilarga har bir uchrashuvda kamida ikki daqiqa maydonga tushish tavsiya etilgan. Biroq bu yaxlitlik hamda o‘zaro yaxshi tushunadigan jamoani shakllantirish uchun yetarli bo’lmaydi.
Shu sababli har bir turdan so‘ng tashkil etilishi rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari xalqaro musobaqalar oldidan yoshlar terma jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.