Futzal. O‘zbekiston XXX milliy chempionatiga qur’a tashlandi
Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi anjumanlar zalida futzal bo‘yicha XXX milliy chempionat — Oliy liga bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes ham ishtirok etdi. Shuningdek, Oliy liga ishtirokchilari bo‘lgan jamoalarning bosh murabbiylari va vakillari qur’a jarayonida bevosita qatnashib, uning shaffof va xolis o‘tishini ta’minlashga hissa qo‘shdilar.
Qur’a natijalariga ko‘ra, 1-turda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi:
“Lochin” — BMB
“Samarqand” — “Olmaliq”
“Nasaf” — “Sayxun”
“Nurafshon” — “Zarafshon”
“Maksam-Chirchiq” — “Neftchi”
SQB — “Xorazm”
Eslatib o‘tamiz, XXX milliy chempionat — Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari joriy yilning 4–9-sentabr kunlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvlar muddati va o'yinlar vaqti qo'yilgan taqvimni tez orada e`lon qilamiz.