locale OZ

Futzal. O‘zbekiston Superkubogi — 2026 futzal bayramiga aylanadi

2026/2027-yilgi mavsumni boshlab beruvchi O‘zbekiston Superkubogi bahsi haqiqiy futzal bayramini taqdim etishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston Superkubogi — 2026 futzal bayramiga aylanadi
photo: UFF

2026/2027-yilgi mavsumni boshlab beruvchi O‘zbekiston Superkubogi bahsi haqiqiy futzal bayramini taqdim etishi kutilmoqda.

BMB PFC – SQB PFC jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv so‘nggi mavsumning eng murosasiz qarama-qarshiliklaridan biri bo‘lishi barobarida, jahon futboli afsonalarining ishtiroki bilan ham unutilmas voqeaga aylanadi.

Superkubokning maxsus mehmonlari — yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlari, jahon futboli afsonalari 2-sentabr kuni erta tongda Toshkentga yetib kelishadi!

Ular O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini bevosita “Humo Arena”da kuzatib borishadi. Shuningdek, bahs yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, majmuaga tashrif buyurgan muxlislar uchun tashkil etiladigan maxsus tadbirlarda qatnashishadi.

Bunday unutilmas lahzalarni o‘tkazib yubormang! Chiroyli, hujumkor va murosasiz futzal bahsining guvohiga aylaning. Ehtimol, sevimli yulduzingiz qo‘lidan sizga atalgan maxsus sovg‘a bilan uyga qaytarsiz!

O‘zbekiston Superkubogi — 2026
2-sentabr
18:00
“Humo Arena”, Toshkent

Majmuaga kirish chiptalari tez orada “Humo Arena” kassalarida muxlislar uchun taqdim etiladi.

3-sentabr kuni esa futbol afsonalari maydonga tushadi!

Jahon futboli afsonalari hamda O‘zbekiston futboli afsonalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini futbol ishqibozlari “Sport-TV” telekanali hamda O‘FF YouTube kanali orqali soat 18:00 dan boshlab jonli efirda kuzatishlari mumkin.

Futzal va futbol bayramlarini o'tkazib yubornag!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting