Futzal. O'zbekiston Qirg'izistonga mag'lub bo'ldi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Guruhning 3-tur doirasida kechgan bahsda qirg‘iziston futzalchilari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada F guruhini mezbonlar 9 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. O‘zbekiston milliy jamoasi 6 ochko to‘plagan holda 2-o‘rin bilan cheklab qoldi.
Shu tariqa, Nodir Eliboyev boshchiligidagi o‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. Qit’a chempionati 2026 yilda Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.
Osiyo kubogi-2026 saralash uchrashuvi
3-tur, 24-sentabr 2025-yil
"F" guruhi
O'ZBEKISTON — QIRG'IZISTON - 2:3 #TUGADI
GOLLAR:
0:1 — Maksat Alimov (14')
0:2 — Samat Janat uulu (22'')
0:3 — Kayrat Kubanichov (25')
1:3.-- Husniddin Nishonov (38')
2:3 — Ilhom Hamroyev (39'')
OGOHLANTIRISHLAR:
#14 Samat Janat uuli (36')
"F" guruhidan Qirg'iziston va O'zbekiston terma jamoalari FINAL raundiga yo'llanma olishdi.