locale OZ

Futzal. O'zbekiston o'smirlari Bahrayn safaridan oldin so’nggi yig’inga kirishdi

Turnir 22-31-oktabr sanalarida Bahraynda bo‘lib o'tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O'zbekiston o'smirlari Bahrayn safaridan oldin so’nggi yig’inga kirishdi
photo: UFF

Joriy yilning 22-31-oktabr sanalarida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo Yoshlar o‘yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi poytaxtimizda so’nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borayapti.

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod o’yinchilarning jismoniy tayyorgarligini optimal holatga olib chiqish, ko’proq to’p bilan ishlash, o‘yin uslubini shakllantirish yo’lida tinimsiz izlanishayapti.

Yig’in davomida bugun o’smirlar terma jamoamiz Jizzax viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi. 19-hamda 21-oktabr sanalarida esa Qirg’iziston o’smirlar terma jamoalari bilan ko’rik nazorat ushrashuvlari o’tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting