locale OZ

Futzal. O‘zbekiston MTJ raqibi Yevropada tayyorgarlik ko‘radi

Turnir tashkilotchilari dastavval guruh bosqichi, so’ngra pley-off oyinlari o’tkazilishini ma`lum qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston MTJ raqibi Yevropada tayyorgarlik ko‘radi
photo: UFF

2026-yilning 27-yanvar – 7-fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha XVIII Osiyo Kubogi musobaqasining final bosqichi o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi “C” guruhida Yaponiya, Tojikiston hamda Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Qur’aga ko’ra guruhimizga birinchi tartib raqami ostida saralangan Yaponiya terma jamoasi dekabr oyidagi tayyorgarlik rejasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “samuraylar” FIFA kunlari — 17–21-dekabr sanalarida Xorvatiyaning Porech shahrida tashkil etiladigan “Futsal Week December Cup – Porec 2025” turnirida ishtirok etadi. Mazkur musobaqada jami 6 ta terma jamoa qatnashadi.

Turnir tashkilotchilari dastavval guruh bosqichi, so’ngra pley-off oyinlari o’tkazilishini ma`lum qilishdi.
• “A” guruhi: Yaponiya, Sloveniya, Vengriya
• “B” guruhi: Ruminiya, Polsha, Saudiya Arabistoni

Guruh bosqichi bir davrali tizimda o‘tkaziladi. Keyin esa jamoalarning guruhlarda egallagan o‘rinlariga ko‘ra pley-off bahslari tashkil etiladi. Guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar finalda to‘qnash kelishadi. Ikkinchi o‘rin egalari 3-o‘rin uchun bahs olib boradi, guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar esa turnirning 5-o‘rin sohibini aniqlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting