locale OZ

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda

Yig‘inning so‘nggi ikki kunida esa jamoa yana kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarga qaytadi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda
photo: UFF

Milliy terma jamoalar markazi sport zalida futzal bo’yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda.

Bir haftalik intensiv tayyorgarlikdan so‘ng bugun Xose Mariya Mendes boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoa a’zolari bilan bir mahal mashg‘ulot o‘tkazdi. Shunga qaramay, futbolchilarga berilayotgan yuklama darajasi ham, mashg‘ulotlarning mazmun va rang-barangligi ham o‘zgargani yo‘q.

Yig‘inning so‘nggi ikki kunida esa jamoa yana kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarga qaytadi.

Portugaliyalik mutaxassis Nuno Migel milliy, yoshlar hamda o‘smirlar terma jamoalar darvozabonlari uchun alohida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Tajribali mutaxassis tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy darvozabonlik mahoratini rivojlantirish, texnik va taktik ko‘nikmalarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting