locale OZ

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazdi

O'zbekiston bugun soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazdi
photo: UFF

VI Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Murabbiylar shtabi raqib jamoaning o‘yin uslubini chuqur tahlil qilgan holda, mashg‘ulot davomida futbolchilar bilan tanlangan taktika va kombinatsiyalar ustida alohida ish olib bordi. Mashg‘ulot yuqori tempda va ko‘tarinki ruhda o‘tdi — futzalchilarimiz yaxshi kayfiyatda, intizomli va professionallik bilan mashg‘ulotni bajardilar.

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz ertaga – 16-oktabr kuni soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Barcha futzal ishqibozlarini terma jamoamizni qo‘llab quvvatlash uchun "Yunusobod" sport majmuasiga chorlab qolamiz.

Majmuaga kirish mutlaqo bepul.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting