Futzal. O‘zbekiston kubogi–2026 musobaqasiga qur’a tashlandi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi qarorgohida 2026-yilgi mamlakat kubogi musobaqasi guruh bosqich bahslariga qur’a tashlandi. Oliy liganing 11 ta va birinchi liganing 8 ta jamoasi to‘rtta guruhga taqsimlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra yuzaga kelgan guruhlar tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi.
“A” guruhi: OKMK, “Maksam-Chirchiq”, “Neftchi”, “Politexnik”, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi
“B” guruhi: SQB, “Bunyodkor”, “Nasaf”, Jizzax FA, “TerDU”
“C” guruhi: "BMB PFC", “Guliston”, “Dinamo”, “Aral”, “Bobur”
“D” guruhi: “Oil Star”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Xorazm”
Guruh bosqichi bahslari joriy yilning 29-aprel – 6-may sanalarida Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga – chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.