locale OZ

Futzal. O‘zbekiston – I Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori!

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida 26-iyun – 5-iyul kunlari karlar jamoalari o‘rtasida futzal bo‘yicha qit`a chempionati bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
 Futzal. O‘zbekiston – I Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori!
photo: UFF

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida 26-iyun – 5-iyul kunlari karlar jamoalari o‘rtasida futzal bo‘yicha qit`a chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallab, I Osiyo chempionatining bronza medallari sohibiga aylandi.

Chempionatning hal qiluvchi turlari oldidan terma jamoamiz tarkibida jarohatlar sabab yuzaga kelgan yo‘qotishlar natijalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Asosiy tarkibning uch nafar futbolchisi ishtirok etmagan o'yinlarda Qozog'iston (2:3) va Saudiya Arabistoni (5:9) terma jamoalariga imkoniyat boy berildi.

Shunga qaramay, Aziz Mamatov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqa davomida yorqin o‘yin namoyish etib, qator e’tirofga loyiq natijalarni qayd etdi:

Musobaqaning eng sermahsul jamoasi — 46 ta gol;
To‘plar farqi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich — +28;
Artur Umurov 17 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylanib, «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi;
Temirmalik Tursunov esa 9 ta gol bilan musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Mazkur chempionat terma jamoamiz uchun nafaqat medal, balki qimmatli xalqaro tajriba ham taqdim etdi. Bu esa kelgusi nufuzli xalqaro musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting