locale OZ

Futzal. O’smirlarimiz Jizzaxdagi yig’inni yakunladi

Terma jamoamiz 22–31 oktabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O’smirlarimiz Jizzaxdagi yig’inni yakunladi
photo: UFF

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Jizzax shahrida o‘tkazdi. Besh kun davom etgan mashg‘ulotlar Jizzax futbol akademiyasi zalida olib borildi va bugun Samarqandning “Dinamo” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunlandi.

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi o’smirlarimiz endi Toshkent shahrida to‘planadi va musobaqaga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazadi. Toshkentdagi yig‘in doirasida Qirg‘iziston o’smirlar terma jamoasiga qarshi nazorat bahsi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o’smirlar terma jamoamiz joriy yilning 22–31 oktabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting