Futzal. “Orient Ceramic” bilan hamkorlik davom etadi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi hamda Orient Ceramic o‘rtasidagi hamkorlik bitimi yana bir yilga uzaytirildi.
Kelishuvga ko‘ra, “Orient Ceramic” 2026-yilgi mavsum davomida ham O‘zbekiston futzal federatsiyasining rasmiy homiysi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Mazkur hamkorlik doirasida kompaniya futzalni mamlakatimizda yanada keng targ‘ib etish, O‘zbekiston chempionati, birinchiligi hamda Kubogi musobaqalari nufuzini oshirish, shuningdek, terma jamoalarimizning xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda yaqin ko‘makchi bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi va “Orient Ceramic” o‘rtasida imzolangan ushbu bitim har ikki tomon uchun samarali va xayrli bo‘lishiga ishonch bildiramiz",-deb yoziladi UFF rasmiy sahifasida.