Futzal Oliy ligasi 8-tur va 1-liga 3-tur uchrashuvlari tahlil qilindi
Tahlil jarayonida hakamlik sifatini yanada oshirish, uchrashuvlarda yagona talqin va qarorlar qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
photo: UFF
Zoom platformasi orqali O‘zbekiston futzal Oliy ligasining 8-turi va 1-liganing 3-tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar yuzasidan navbatdagi tahlil yig‘ilishi tashkil etildi.
Unda tajribali instruktorlar ishtirok etib, o‘yinlarda qayd etilgan hakamlik qarorlari, bahsli vaziyatlar va uchrashuvlarning muhim epizodlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Onlayn tarzda o‘tgan yig‘ilishda futzal hakamlari ham qatnashib, o‘yinlar davomida yuzaga kelgan holatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tahlil jarayonida hakamlik sifatini yanada oshirish, uchrashuvlarda yagona talqin va qarorlar qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor