locale OZ

Futzal. Oliy liganing 6-tur uchrashuvlari Jizzax shahrida bo’lib o’tadi

Mazkur tur 2025-yil hisobidan so’nggisi bo’lganligi bois barcha jamoalar maksimal tarzda ochko jamg’arish payida bo’lishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liganing 6-tur uchrashuvlari Jizzax shahrida bo’lib o’tadi
photo: UFF

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 6-tur uchrashuvlari joriy yilning 3 – 8-dekabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga viloyat futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi.

Mazkur tur 2025-yil hisobidan so’nggisi bo’lganligi bois barcha jamoalar maksimal tarzda ochko jamg’arish payida bo’lishadi. Bu esa tur o’yinlarining qiziqarli hamda murosasiz kurashlar ostida o’tishiga asos bo’ladi. Shu ma`noda 6-turda biz yana keskin raqobat, hujumkor va sermahsul o’yinlar guvohi bo’lamiz. O’tkinchi bahslar bo’lmaydi, degan umiddamiz.

6-tur oldidan amaldagi chempion BMB eng yaqin ta`qibchilari SQB hamda “Oil Star” bilan 5 ochkolik tafovutni saqlab qoldi. Shuningdek, OKMK ham yetakchilarni izma iz quvib kelmoqda. Liganing "oltin o’rtaligidan" o’rin olgan jamoalar istalgan bahsda kutilmagan natijani qayd etishlariga ko’p bora shohid bo’ldik. Ligada o’z mavqeini saqlab qolish harakatidagi jamoalar ham bo’sh kelishmayapti. Shunday ekan, jizzaxlik futzal ishqibozlari hamda uning mehmonlarini Oliy liganing 6-tur uchrashuvlariga taklif etib qolamiz.

O’FF hamda “Sport” ijodiy birlashmasining o’zaro kelishuviga muvofiq 6-turning barcha o‘yinlarni “Sport-TV” hamda “Futbol-TV” telekanallarida hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasining You Tube kanali orqali to’g'ridan to’g’ri, jonli tarzda efirga uzatiladi. Bu esa futzal ishqibozlariga Oliy liga uchrashuvlarini istalgan vaqtda va istalgan joyda kuzatish imkoniyatini taqdim etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting