Futzal. Oliy ligada 3-tur uchrashuvlari muddati ma’lum
3-tur bahslariga Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazi sport zali mezbonlik qiladi.
photo: UFF
28-sentyabr kuni Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat XXIX milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur uchrashuvlari start oladi.
Chempionatda ishtirok etayotgan jamoalarning barchasi bugun vodiy javhari – Andijon shahri tomon yo‘lga chiqishdi.
Bu orada esa O‘FF Oliy liganing 3-tur o‘yinlari manzili va muddatini e’lon qildi. Unga ko‘ra 3-tur bahslariga Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazi sport zali mezbonlik qiladi.
Bahslar esa 8-13-oktabr sanalarida bo‘lib o‘tadi. To'liq taqvim bilan quyidagi suratda tanishib olishingiz mumkin.

Ibrohim Jalolov
Redaktor