Futzal. Oliy liga 4-tur uchrashuvlariga Qarshi shahri mezbonlik qiladi
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 4-tur uchrashuvlari shu yilning 22 – 25-oktabr sanalarida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga “Geolog” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Mazkur tur Oliy ligada birinchi davrani yakunlab beradi. Shu bois ham barcha ishtirokchilar davraning so’nggi ikki uchrashuvidan maksimal ochko jamg’arish harakatini qilishi aniq.
Bu esa muxlislarga qiziqarli va murosasiz o’yinlarni taqdim etadi. 4-turning har bir o’yin kunida markaziy uchrashuvlar bor. Ayniqsa chempionat yetakchilari “BMB PFC”, OKMK, SQB, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Oil Star”, “Bunyodkor” jamoalarining o’zaro hisob kitobi “turni yondiradi”.
Shu ma’noda qashqadaryolik futzal ishqibozlari hamda Qarshi shahri mehmonlariga Oliy liganing 4-tur uchrashuvlarini o’tkazib yubormasligini maslahat beramiz.