Futzal. Oliy liga, 3-tur yakunlari: gollar, ochkolar, raqamlar haqida batafsil
3-turda jamoalar 18 ta uchrashuv o‘tkazishdi. Mazkur uchrashuvlarda darvozalarga 105 ta gol kiritildi. O‘rtacha har bitta uchrashuvda muxlislar 5,83 tadan gol ko‘rishdi.
Sermahsullik borasida bu tur avvalgilaridan ortda qoldi. Qiyoslash uchun yodga olamiz, 1-turda darvozalarga eng ko‘p – 125 ta to‘p kiritilgan bo‘lsa, 2-turda muxlislar 113 ta golning shohidi bo‘lishgandi.
Chempionatda ochko jamg‘armagan jamoa qolmadi. Dastlabki ikki turdan keyin ochkosiz kelayotgan yagona jamoa – “Maksam-Chirchiq” Jizzaxdagi turda 2 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi va mavqeini sezilarli ravishda yaxshilab oldi.
Turda barcha uchrashuvlarini yutgan jamoalar: BMB PFC, OKMK, “Oil Star” — 3 tadan o‘yinda raqiblarini taslim etishdi.
Turda barcha uchrashuvlarini yutqazgan jamoalar: “Nasaf”, “Surxon”, “Qizilqum” – 3 tadan mag’lubiyat.
Turning eng sermahsul jamoasi – BMB PFC bo’ldi – 19 ta gol. “Bunyodkor” 16 ta to’p bilan keyingi pog’onani band etdi;
Turda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoalar janubliklar bo’lishdi: “Nasaf” – 17 ta, “Surxon” – 16 ta gol;
Turda eng kam gol o’tkazgan jamoa “Maksam-Chirchiq” bo’ldi – 3 ta. BMB hamda OKMK o’z darvozalaridan 5 tadan to’p olib chiqishdi;
Eng kam gol urgan jamoalar – “Qizilqum” va “Surxon” – 3 tadan;
Eng yirik hisob: “Bunyodkor” – “Qizilqum” – 8:1, “Oil Star” – “Surxon” – 7:0;
Eng sermahsul o’yin: BMB PFC – “Nasaf” – 8:2, “Surxon” – “Bunyodkor” – 3:7;
Eng kam gol urilgan o’yin: “Maksam-Chirchiq” – “Surxon” – 2:0, “Bunyodkor” – “Neftchi” – 1:1;