locale OZ

Futzal. Oliy liga 3-tur uchrashuvlariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi

Uchrashuvlar 8-13-oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liga 3-tur uchrashuvlariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi
photo: Futsal Uzbekistan

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 3-tur uchrashuvlari shu yilning 8 – 13-oktyabr sanalarida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga Jizzax viloyati futbol oliy mahorati maktabi sport zali mezbonlik qiladi.

Mazkur turda ham muxlislar deyarli har kuni biri-biridan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarning shohidi bo‘lishadi. Ayniqsa, chempionat peshqadamlari – BMB, SQB, OKMK, “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari ishqibozlar diqqat markazida turishi aniq.

O‘z navbatida kurash musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan jamoalar o‘rtasida ham shiddatli kechmoqda. Barcha jamoalar maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida chiqayotganligi o‘yin kunlarini bezab beryapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting