locale OZ

Futzal. Oliy liga 2-tur uchrashuvlariga Andijon mezbonlik qiladi

Bahslar Universal sport majmuasida o'tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liga 2-tur uchrashuvlariga Andijon mezbonlik qiladi
photo: UFF

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 2-tur uchrashuvlari shu yilning 28-sentyabr – 2-oktyabr sanalarida Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga 2024-yilgi jahon chempionati munosabati bilan qurib foydalanishga topshirilgan zamonaviy “Universal” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Mazkur turda ham muxlislar deyarli har kuni bir qator qiziqarli uchrashuvlarning shohidi bo‘lishadi. Barcha jamoalar dastlabki tur bahslaridan tegishli xulosa chiqarishgan. Shu ma’noda hech bir juftlikda oson, o‘tkinchi o‘yin bo‘lmasligi aniq. Shunday ekan, Andijon shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarni o‘tkazib yubormang.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2-turning barcha o‘yinlarini o‘zining You Tube kanali orqali jonli tarzda namoyish etishni rejalashtirgan. Qolaversa, Telegram kanalimiz orqali ham jonli, matnli translyatsiya berib boriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting