locale OZ

Futzal. Oliy liga: 2-tur bahslariga 2 kun qoldi

XXX milliy chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga 30-sentabr kuni start berilib, 5-oktabrda yakuniga yetadi.
Futzal. Oliy liga: 2-tur bahslariga 2 kun qoldi
photo: UFF

Futzal bo'yicha Mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 2-tur bahslari boshlanishiga ikki kun qoldi.

XXX milliy chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga 30-sentabr kuni start berilib, 5-oktabrda yakuniga yetadi.

2-tur bahslari ham Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar Jizzaxga yetib kelib, bahslarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jumladan, “Xorazm” hamda “Sayxun” jamoalari mashg’ulotlarni allaqachon Jizzaxga olib borishmoqda.

2-turda ham muxlislarni har kuni uchtadan murosasiz va qiziqarli uchrashuv kutmoqda. Buni quyida berilayotgan taqvimga nazar tashlab, amin bo’lishingiz mumkin.

Shu bois barcha futzal ishqibozlarini Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zaliga chorlaymiz! Majmuaga kirish va o’yinlarni tomosha qilish mutlaqo bepul.

Jizzaxga bora olmaydigan muxlislar uchun esa barcha uchrashuvlar O‘FFning YouTube kanali hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda yoritib boriladi.

2-TUR TAQVIMI

30-sentabr, chorshanba
15:00 — Lochin — Zarafshon
17:00 — Neftchi — Samarqand
19:00 — Nasaf — Xorazm

1-oktabr, payshanba
15:00 — Zarafshon — Samarqand
17:00 — Lochin — Xorazm
19:00 — Nasaf — Neftchi

2-oktabr, juma
15:00 — Sayxun — SQB
17:00 — Maksam-Chirchiq — Olmaliq
19:00 — BMB — Nurafshon

3-oktabr, shanba
15:00 — Samarqand — Xorazm
17:00 — Lochin — Neftchi
19:00 — Nasaf — Zarafshon

4-oktabr, yakshanba
15:00 — Sayxun — Maksam-Chirchiq
17:00 — BMB — SQB
19:00 — Olmaliq — Nurafshon

5-oktabr, dushanba
15:00 — Sayxun — Nurafshon
17:00 — Maksam-Chirchiq — BMB
19:00 — SQB — Olmaliq

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting