Futzal. “O‘FF Prezidenti kubogi”ning 9-tur uchrashuvlari 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
Uchrashuvlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida ertalab soat 08:00 dan boshlanadi.
photo: UFF
Havaskor jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining birinchi davrasi oxirgi turi — 9-tur bahslari 24-yanvar kuni bo’lib o’tadi. Uchrashuvlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida ertalab soat 08:00 dan boshlanadi.
Barcha futbol ixlosmandlarini mazkur tur uchrashuvlarini jonli tarzda tomosha qilish uchun TATU sport zaliga taklif etamiz. Kirish mutlaqo bepul.
“O’FF Prezidenti kubogi”
9-tur. 24-yanvar (shanba)
• 08:00. BMB – Bojxona
• 09:00. SQB – TATU
• 10:00. Kamol Construction – Yoshlar
• 11:00. Parma – IMV
• 12:00. Istiqlol – Olimpik
Ibrohim Jalolov
Redaktor