locale OZ

Futzal. O’FF Prezidenti kubogi final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

8-noyabr kuni start oladigan final bosqichida qatnashadigan jamoalar aniq bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O’FF Prezidenti kubogi final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi
photo: UFF

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida havaskor jamoalar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan “O’FF Prezidenti kubogi” musobaqasining saralash bosqichi yakunlandi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘yinlarda g‘alaba qozongan jamoalar musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.

Saralash bosqichi doirasidagi sakkiz juftlikning teng yarmida kechgan murosasiz to‘qnashuvlar, ayniqsa muxlislarga manzur bo‘ldi, deyish mumkin. Xususan, bankchilar jamoalarining o‘zaro bellashuvi, shuningdek, “Istiqlol” – “Powerstone” va “Geolog” – “Bojxona qo‘mitasi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar o‘zining tomoshabopligi va yuqori saviyasi bilan alohida e’tirof etildi.

Photo: UFF

Endilikda, 8-noyabr kuni start oladigan final bosqichida qatnashadigan jamoalar aniq bo‘ldi.

Ular quyidagilar:

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi
BMB
“Dabro”
“Parma”
TATU
“Kamol Construction”
SQB
FC IMV
“Istiqlol”
“Bojxona qo‘mitasi”

Photo: UFF

Final bosqichi doirasida bellashuvlar yanada qizg‘in va murosasiz bo‘lishi kutilmoqda. Musobaqa havaskor futbol muxlislari uchun katta sport bayramiga aylanishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting