locale OZ

Futzal. Medallar uchun kurash olib boruvchi sakkiz jamoaning nomi ma`lum!

Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida davom etayotgan Hududiy liga g‘oliblari Respublika turnirida bugun guruh bosqichi bahslari yakunlandi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Futzal. Medallar uchun kurash olib boruvchi sakkiz jamoaning nomi ma`lum!
photo: UFF

Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida davom etayotgan Hududiy liga g‘oliblari Respublika turnirida bugun guruh bosqichi bahslari yakunlandi. Natijada g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradigan chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

“A” guruhida “Chiroqchi” jamoasi 100 foizlik natija qayd etdi. Ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan Andijon Davlat Universiteti (ADU) jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

“B” guruhida mezbonlar — “Ezgu niyat” jamoasi barcha uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozonib, 9 ochko jamg‘ardi. Xorazm viloyatining “Xonqa” jamoasi esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi.

“C” guruhida kutilganidek poytaxtning “Parma” jamoasi birinchilikni qo‘ldan bermadi. TXO jamoasi esa ikkinchi o‘rin bilan chorak final yo‘llanmasini rasmiylashtirdi.

“D” guruhida Buxoro Davlat Universiteti va Samarqandning “Dinamo U-18” jamoalari bir xil — 4 tadan ochko jamg‘arib, pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

To‘purarlar poygasida “Ezgu niyat” hujumchisi Suhrob Hayitboyev 8 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. “Zafar” jamoasi vakili Muhsin Valiyev hisobida 7 ta gol mavjud bo‘lsa, “Chiroqchi” futbolchisi Elnur Joriyaqulov 6 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Chorak final uchrashuvlari 11-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari 12-iyun, medalchilar nomini aniqlab beruvchi 3-o‘rin uchun uchrashuv hamda final esa 13-iyun sanasiga rejalashtirilgan.

3-tur natijalari | 10-iyun (chorshanba)

“A” guruhi
“Jaloyir” – ADU — 2:7
“Chiroqchi” – “Jizzax FM” — 5:1

“B” guruhi
“Xonqa” – “Olimpik” — 12:1
“Zafar” – “Ezgu niyat” — 2:5

“C” guruhi
“Parma” – TXO — 4:3

“D” guruhi
“Guliston-2” – “Dinamo U-18” — 2:4

Chorak final | 11-iyun (payshanba)

10:00 — “Chiroqchi” va “Xonqa”
11:00 — “Ezgu niyat” va ADU
12:00 — “Parma” va “Dinamo U-18”
13:00 — BuxDU va TXO

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting