locale OZ

Futzal. Koreya matbuoti nega O'zbekistonga qiziqib qoldi?

Janubiy Koreyaning ommaviy futzal nashrlaridan biri — K-FUTSAL o‘zining ijtimoiy tarmoqlari, xususan Instagram sahifasida O‘zbekiston Futzal federatsiyasining ish tizimi haqida maqola e’lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Koreya matbuoti nega O'zbekistonga qiziqib qoldi?
photo: UFF

Janubiy Koreyaning ommaviy futzal nashrlaridan biri — K-FUTSAL o‘zining ijtimoiy tarmoqlari, xususan Instagram sahifasida O‘zbekiston Futzal federatsiyasining ish tizimi haqida maqola e’lon qildi.

Unda ayni paytda O‘zbekistonda bir-birini to‘ldiruvchi uch avlod terma jamoalari — milliy, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari izchil faoliyat yuritayotgani alohida e’tirof etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, aynan mana shunday tizim Janubiy Koreya futzali uchun ham muhim tajriba bo‘lishi mumkin.

Maqolada shunday savol o‘rtaga tashlanadi: milliy va yoshlar terma jamoalariga e’tibor qaratilishi tushunarli, ammo nega o‘zbekistonliklar aynan 2013-yilda va undan keyin tug‘ilgan o‘smirlar bilan bugundan ishlashni boshlagan?

Muallif bu savolga o‘zi javob beradi.

Gap shundaki, 2029-yilda Toshkentda Osiyo yoshlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘sha paytga kelib, bugungi 12–13 yoshli bolalar musobaqada qatnashadigan 15–16 yoshli avlodga aylanadi. Demak, tayyorgarlik musobaqa arafasida emas, balki maqsadli nuqtadan ortga qarab rejalashtirilmoqda.

2029 → musobaqada qatnashadigan avlod → bugungi 12–13 yoshli futbolchilar → mamlakatning 12 hududida skautlik tizimi.

Bunday yondashuvda ikkilanish yoki tasodifga o‘rin qolmaydi. Maqsad aniq, unga eltuvchi yo‘l ham oldindan belgilangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting