Futzal. Klublardan daraklar | «Nasaf» PFCga yangi o‘yinchilar kelib qo‘shildi
Klublardan daraklar | «Nasaf» PFCga yangi o‘yinchilar kelib qo‘shildi
Qarshining «Nasaf» PFC futzal jamoasi yangi mavsum avvalida kelishuvga erishgan ikki nafar legioner futbolchisini safga qo‘shib oldi.
Xorijlik futzalchilarning har ikkisi ham tajribali bo‘lib, hujum chizig‘ida harakat qiladi.
Sodiq Javadi 1990-yilda tug‘ilgan. Eronlik futzalchi asosan qanot o‘yinchisi sifatida maydonga tushadi. Sodiq Javadi so‘nggi mavsumni Ozarbayjonning «Neftchi» futzal jamoasida o‘tkazgan.
Viktor Tovares dos Santos esa universal o‘yinchi hisoblanadi. 1998-yilda tavallud topgan braziliyalik futzalchi o‘tgan mavsumda mamlakat chempionatida «Odyssey» klubi sharafini himoya qilgan.
Har ikki legioner futzalchiga yangi mamlakat va yangi jamoada omad, muvaffaqiyat hamda sermahsul mavsum tilaymiz!