Futzal. Klublardan daraklar | Debyutantlar durang o‘ynadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Oliy liga debyutantlari — Urganchning “Xorazm” hamda Gulistonning “Sayxun” jamoalari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan bahsda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Birinchi bo‘lim “Sayxun”ning hududiy ustunligida o‘tdi. Bo‘lim o‘rtalarida O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod Eldor Nig‘matov hisobni ochdi. Tanaffusga sirdaryoliklar minimal ustunlik bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limni ham “Sayxun” faol boshladi. Eldor Nig‘matov yana bir bor gol urib, jamoasi ustunligini mustahkamladi.
Biroq uchrashuv yakunida tajribali Aleksandr Petrov boshchiligidagi “Xorazm” javob gollari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Xorazmliklar Behruz Samiyev va Islombek Biyto‘rayevning avtogoli evaziga hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
Aytgancha, nazorat uchrashuvidan so‘ng “Sayxun” safida ko‘rikda bo‘lgan Eldor Nig‘matov “Xorazm” tarkibiga o‘tganligi haqida ma’lumot oldik.
O‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi
“Xorazm”— “Sayxun” – 2:2 (1:0)
Gollar: Behruz Samiyev, Islombek Biyto‘rayev (avtogol) — Eldor Nig‘matov (2)