locale OZ

Futzal. Iste’dodlarni izlab: Farg’ona viloyatida ko’rik o’tkazildi

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadioni sport zalida 2007–2010-yillarda tug‘ilgan (16–19 yosh) iqtidorli futzalchilar ko‘rikdan o‘tkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Iste’dodlarni izlab: Farg’ona viloyatida ko’rik o’tkazildi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashabbusi bilan yosh va iste’dodli futzalchilarni aniqlash, ularni kashf etish hamda yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga jalb etishga qaratilgan seleksiya loyihasiga start berildi.

Bugun ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi iqtidorli yoshlarni saralash jarayonini olib bordi.

Ishchi guruhiga O‘FFning terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Dilshod Rahmatov rahbarlik qilmoqda. Guruh tarkibidan O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari murabbiylari, shuningdek, federatsiya matbuot xizmati vakillari o‘rin olgan.

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadioni sport zalida 2007–2010-yillarda tug‘ilgan (16–19 yosh) iqtidorli futzalchilar ko‘rikdan o‘tkazildi.

Seleksiya ishlari izchil davom etadi. Ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Ertaga soat 10:00 da Namangan viloyati futbol akademiyasi sport zalida viloyatning eng istiqbolli futzalchilari ishtirokida tanishuv, nazorat va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting